20 aprel kuni Dubayda O‘zbekistonning o‘nlab fuqarolari ishtirokida pichoqbozlik sodir bo‘lgani haqida videolar tarqaldi. BAA tomoni ushbu ish doirasida 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olinganini bildirdi.
Tashqi ishlar vazirligi so‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston fuqarolari sodir etayotgan qonunbuzarlik holatlari ko‘payayotgani vizasiz tartibga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan ogohlantirdi.
«O‘zbekiston fuqarolarini xorijda yurtdoshlarimiz sha’niga dog‘ tushiruvchi harakatlardan tiyilishga chaqiramiz», deb yozadi vazirlik vakili.