Istanbulda magnitudasi 3,5 va 4,3 bo‘lgan ikkita zilzila ro‘y berdi, ularning markazi Buyukchekmeche hududida joylashgan.
Bu haqda Turkiya Favqulodda vaziyatlarni boshqarish agentligi (AFAD) ma’lum qildi.
Birinchi zilzila mahalliy vaqt bilan soat 20:21 da, ikkinchisi esa 20:33 da sodir bo‘ldi. Hozircha zilzila oqibatida jabrlangan yoki vayron bo‘lgan inshootlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.
24 aprel kuni Istanbul yaqinidagi Marmara dengizida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan edi. O‘shanda hokimiyat vakillari 151 kishi jarohat olgani va yuzlab aftershoklar kuzatilgani haqida xabar bergan edi.