Bugun 29 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Zelenskiy Trampni Ukrainaga taklif qildi: "Keling, iltimos o‘z ko‘zlaringiz bilan ko‘ring"

Zelenskiy Trampni Ukrainaga taklif qildi: "Keling, iltimos o‘z ko‘zlaringiz bilan ko‘ring"

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Trampni Ukrainaga tashrif buyurishga va Rossiya zarbalari natijasida yuzaga kelgan vayronagarchilikni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda bir hafta oldin halokatli raketa hujumiga uchragan Zelenskiyning ona shahri Krivoy Rogda suratga olingan CBS telekanalining "60 daqiqa" ko‘rsatuviga bergan intervyusida aytilgan.

"Iltimos, biron bir qaror qabul qilishdan, muzokaralar olib borishdan oldin kelib, odamlar, tinch aholi, askarlar, kasalxonalar, cherkovlar, bolalarni ko‘ring", — dedi Ukraina prezidenti.

Zelenskiy global xavfsizlik ham tahdid ostida ekanini ta’kidladi. "Agar biz chekinmasak, Putin oldinga boradi. Bu taxmin emas - haqiqiy tahdid. Uning maqsadi - Rossiya imperiyasini qayta tiklash va hozir NATO himoyasi ostidagi hududlarni qaytarib olish. Bu jahon urushiga aylanishi mumkin", - dedi u.

Kiritildi: 12:11 14.04.2025. O'qildi: 808 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!