Bugun 25 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Zelenskiy Tramp bilan uchrashuvdan so‘ng jurnalistlar uchun brifing o‘tkazdi

Zelenskiy Tramp bilan uchrashuvdan so‘ng jurnalistlar uchun brifing o‘tkazdi

Ukraina prezidentining asosiy bayonotlari:

◾️ Umid qilamanki, biz urushni qishgacha yakunlay olamiz va Tramp bu borada bizga yordam beradi;

◾️ Agar bu ikki tomonlama bo‘ladigan bo‘lsa, Ukraina Rossiya bilan energetika bo‘yicha to‘liq sulhga tayyor. Rossiya bizning energetika ob’ektlarimizga hujum qilmasa, biz ham ularning energetika ob’ektlariga hujum qilmaymiz. Bu bizning taklifimiz;

◾️ AQSh Ukrainaning sulh bo‘yicha takliflarini Rossiyaga yetkazadi;

◾️ Tramp Ukrainadan Rossiyaga berilayotgan zarbalarni bir tomonlama to‘xtatishni so‘ramadi;

◾️ “Jahannam sanksiyalari” haqidagi qonun Vashingtonga Moskvaga bosim o‘tkazish uchun qo‘shimcha dastaklar beradi;

◾️ Tramp kelajakda Patriot raketalarini ishlab chiqarish lisenziyasini Ukrainaga berish borasida "ijobiy kayfiyatda";

◾️ Tramp davlat yetakchilari barcha muhim masalalarni muhokama qila oladigan va urushga yakun yasashga harakat qiladigan uch tomonlama uchrashuv tashkil etishi mumkin. Men istalgan vaqtda Putin va Tramp bilan uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etishga tayyorman. Bu mening urushni yakunlashni xohlayotganimni anglatadi. O‘ylashimcha, uch tomonlama uchrashuvga tayyor bo‘lmagan inson urushni tugatishga ham tayyor emas.

Kiritildi: 11:25 23.09.2026. O'qildi: 927 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!