Zelenskiy seshanba kuni jurnalistlarga Ukrainaga Amerika tomonidan ballistik raketalar bo‘yicha yordam paketlari zarurligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, AQSh vakillariga Ukrainaga qanday qurollar va qachon kerakligi haqida batafsil ma’lumot berilgan.
«Bizga amerikaliklardan ballistik raketalar bo‘yicha paketlar kerak. Ular bizga nima va qachon kerakligini batafsil eshitishdi. Men sentyabr oyining 20-sanalari atrofida prezident Tramp bilan uchrashib, bu masalani ko‘tarishni rejalashtiryapman. Xudo xohlasa, natija bo‘ladi», — dedi Zelenskiy.
Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, asosiy maqsadlardan biri mamlakatning raketa hujumlariga qarshi mudofaa imkoniyatlarini kuchaytirishdan iborat.
Ayni paytda Oq uy Tramp va Zelenskiyning sentyabr oyida yangi uchrashuvi rejalashtirilganini rasman e’lon qilmagan.