Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lsa, mamlakatda saylovlar o‘tkazishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda u ABC News telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
«Avvalo, prezident Trampga bo‘lgan hurmatimni saqlagan holda aytaman: mamlakatimizda u yoki bu rahbarni xalqimiz tanlashi kerak. Iltimos, Putinga ayting: bizga ikki oy — 60 kun to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish imkonini bersin. Shunda saylovlarni tashkil qilamiz», — dedi Zelenskiy.