Xabarlarga ko‘ra, Ukraina prezidenti mamlakat hududida himoya qilinishi va qo‘llab-quvvatlanishi lozim bo‘lgan tillar ro‘yxatidan rus tilini chiqarib tashlovchi qonunni imzoladi. Bu rus tiliga Milliy ozchiliklar tillari bo‘yicha Yevropa xartiyasi qoidalari endi tatbiq etilmasligini anglatadi.
Hujjat avvalroq Oliy Rada tomonidan qabul qilingan va til siyosatini tartibga solish bo‘yicha qonunchilik bazasini yangilashga qaratilgan.
Mamlakat rasmiylari o‘zgarishlarni huquqiy bazani xalqaro hujjatning yangilangan talqini va milliy hamjamiyatlar tillarini tasniflashdagi joriy yondashuvlarga muvofiqlashtirish bilan izohlamoqda.
Ma’lumot uchun, rus tilining erkin rivojlanishi va himoya qilinishi Ukraina Konstitusiyasi bilan kafolatlangan, deyiladi xabarlarda.