Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Zelenskiy Rossiya uning prezidentlik samolyotiga 2 marta hujum qilishga uringanini aytdi

Zelenskiy Rossiya uning prezidentlik samolyotiga 2 marta hujum qilishga uringanini aytdi
Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, hujumlar uning Moldovadagi so‘nggi safarlari vaqtida sodir bo‘lgan. "Mening prezidentlik samolyotim Moldovada edi va shuning uchun ular Moldovaga hujum qildi. Ular Moldova havo hududidan foydalandi. Balki shaxsan menga hujum qilishni xohlashmagandir... Biz bu haqda ommaviy axborot vositalariga xabar bermadik, lekin Kishinyov orqali uyga (Ukrainaga) qaytayotganimizda ular yana hujum qildi", — dedi Zelenskiy CBS News telekanaliga bergan intervyusida. Jurnalistning "Moskva bu yo‘l bilan Ukraina prezidentini qo‘rqitishga uringanmi?", degan savoliga Zelenskiy "shunday bo‘lishi mumkin", javob berdi. 9 sentyabr kuni Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore Ukraina prezidentining samolyoti Moldovadan Norvegiya poytaxti Osloga uchayotganda dron bilan to‘qnashib ketishiga oz qolganini aytgandi. Zelenskiy 8 sentyabr kuni kechqurun Norvegiya qiroli Harald V ning dafn marosimida ishtirok etish uchun Moldovadan Osloga kelgan edi.
Kiritildi: 15:00 16.09.2026. O'qildi: 844 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!