Jang maydonida muvaffaqiyatsizlikka uchragan Rossiya Ukrainaning muhim infratuzilmasiga hujumlarni kuchaytirmoqda.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bu haqda Kiyevda Moldova Prezidenti Maya Sandu bilan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya kuchlari o‘z hujumlarini energetika, logistika, suv ta’minoti va transport infratuzilmasiga, xususan, temir yo‘l inshootlari va ko‘priklarga qaratgan.
"Bunday harakatlar Ukrainaning xalqaro sheriklariga bosim o‘tkazish va muzokaralar jarayoniga ta’sir o‘tkazishga qaratilgan. Kiyev xalqaro yordamni o‘zining mudofaa ishlab chiqarishini rivojlantirish va energetika tizimini himoya qilishga yo‘naltirish niyatida", deb ta’kidladi Zelenskiy.