Bugun 1 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy Rossiya-Ukraina mojarosini hal etish bo‘yicha uch tomonlama muzokaralarni Turkiyada o‘tkazishni taklif qildi

Zelenskiy Rossiya-Ukraina mojarosini hal etish bo‘yicha uch tomonlama muzokaralarni Turkiyada o‘tkazishni taklif qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya-Ukraina mojarosini hal etish bo‘yicha uch tomonlama muzokaralarni Turkiyada o‘tkazishni taklif qildi.

Zelenskiy bu haqda Anqaradagi matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev uch tomonlama uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan muzokaralar chog‘ida Zelenskiy bunday uchrashuvni Turkiyada o‘tkazish, shuningdek, Anqara, Yevropadagi va Ukrainaning boshqa hamkorlarini ushbu jarayonga jalb etish imkoniyatlarini muhokama qilgan.

Bundan tashqari, Zelenskiy Ukraina va Turkiyani xavfsizlik hamda mudofaa sanoati sohasidagi ittifoqchilar deb atadi. Uning aytishicha, muzokaralar davomida ikki davlat rahbarlari Qora dengizdagi don koridori faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham hamkorlik qilishga kelishib olgan.

«Bu, birinchi navbatda, oziq-ovqat xavfsizligiga ham taalluqli. Bugun biz prezident (Erdo‘g‘on — tahr.) bilan Qora dengizdagi don koridori samarali ishlashi uchun birgalikda harakat qilishga kelishib oldik», — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Kiritildi: Bugun 11:40. O'qildi: 279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!