Ukraina prezidenti Zelenskiy mazkur bayonotni mamlakat Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy bilan o‘tkazilgan yig‘ilish yakunida bildirdi.
"Ukrainani himoya qilish uchun zarur bo‘lgan tarzda faol harakatlarimizni davom ettiramiz. Buning uchun barcha kuchlarimiz va vositalarimiz shay. Rossiyaning ichki hududlariga zarbalar berilishi ham rejalashtirilgan", — deb yozdi Zelenskiy Telegram'da.
Ukraina prezidenti ushbu zarbalar qaysi turdagi qurollar bilan amalga oshirilishini ochiqlagani yo‘q. Bir necha kun oldin AQSh Ukrainaga 450 kilometrgacha masofaga ucha oladigan bir necha mingta ERAM raketalarini yetkazishga rozilik bergan edi.