Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Zelenskiy: Putin 60 kunlik sulhga rozi bo‘lsa, Ukrainada saylov o‘tkaziladi

Zelenskiy: Putin 60 kunlik sulhga rozi bo‘lsa, Ukrainada saylov o‘tkaziladi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya rahbari Vladimir Putin 60 kunlik to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lsa, mamlakatda saylovlar tashkil etilishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda u ABC News jurnalisti Jonatan Karl bilan suhbatda aytdi.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, saylov qachon o‘tkazilishi va kimga ovoz berishni Ukraina xalqi hal qiladi. U Rossiya rahbari Ukraina prezidenti almashishini istashini tushunishini ham qayd etdi.

«Agar prezident Donald Tramp saylovlar o‘tkazilishi bo‘yicha o‘zgarishlarni istasa, bu masalani uning jamoasi bilan muhokama qilganman. Shuning uchun, iltimos, Putinga ayting: bizga ikki oy — 60 kun bersin. Shu muddat davomida to‘liq sulhga erishaylik va saylovlarni tashkil qilamiz. Biz xalqimizning, xususan, Ukraina fuqarolarining har qanday tanlovini qabul qilishga tayyormiz», — dedi Zelenskiy.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainada Rossiya bilan kelishuvga erisha oladigan yangi rahbar saylanishi kerakligini aytgan edi. Uning fikricha, Zelenskiy avvalroq ham kelishuvlarga erishishi mumkin bo‘lgan, ammo buni amalga oshirmagan.

Tramp, shuningdek, Ukraina tomonining Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlarini tanqid qilgan. U bunday ob’ektlarga zarbalar jahon miqyosida muammolar keltirib chiqarishi mumkinligini bildirgan.

Bunga javoban Zelenskiy Kiyev Rossiya energetika infratuzilmasiga hujumlarni faqat Moskva Ukraina energetika ob’ektlariga zarba berishni to‘xtatgan taqdirdagina to‘xtatishini aytgan.

11 oktyabr kuni Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida energetika sohasida sulhga erishilganini e’lon qilgan edi. Dastlab Zelenskiy bunday kelishuvdan xabari yo‘qligini bildirgan. Keyinchalik esa Ukraina Rossiya energetika infratuzilmasiga hujumlarni to‘xtatishga tayyorligini tasdiqlagan va Ukraina Qurolli kuchlariga tegishli buyruqlar berilganini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 17:26 12.10.2026. O'qildi: 406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!