Qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning qizining sobiq eri Sirg‘oq Kenjebayev chet elda hibsga olinib, Bishkekka olib kelindi.
Bu haqda "Sputnik Qirg‘iziston" xabar bermoqda.
Kenjebayev 150 ming dollarlik firibgarlikda gumon qilinmoqda. U ilgari qidiruvda bo‘lgan.
Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi Shirin Aytmatovning sobiq eri chet elda bo‘lganida internetda provokasion materiallarni nashr etganini va Qirg‘izistonda mitinglar va ommaviy tartibsizliklarga, keyin esa hokimiyatni egallab olishga chaqirganini ta’kidladi.
Kenjebayevga qarshi "Ommaviy tartibsizliklar" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Hozirda u Bishkek Ichki ishlar bosh boshqarmasining vaqtinchalik hibsxonasida saqlanmoqda.