Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

"Qirg‘iz bo‘lsa, bir kunda fuqarolik bering"

"Qirg‘iz bo‘lsa, bir kunda fuqarolik bering"

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakatga ko‘chib kelgan etnik qirg‘izlarga fuqarolik va pasport berish jarayonini tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda AKIpress agentligi xabar qildi.

Masala davlat rahbarining Botken viloyati aholisi bilan uchrashuvida ko‘tarilgan. O‘zbekistondan ko‘chib borib, qirg‘izistonlik fuqaroga turmushga chiqqan ayol uzoq yillardan buyon fuqarolik ololmayotganini bildirgan.

Ayolning murojaatini eshitgan Japarov mas’ullarga hujjatlarni rasmiylashtirishda ortiqcha kechikishlarga yo‘l qo‘ymaslikni buyurgan.

"Agar u etnik qirg‘iz bo‘lsa, kutib o‘tirmanglar, bir kunda fuqarolik beringlar", degan prezident.

Japarov, shuningdek, Afg‘oniston va Tojikistondan kelgan ayrim etnik qirg‘izlar hanuz "qayrilman", ya’ni tarixiy vataniga qaytgan shaxs maqomida yashayotganini qayd etgan.

Prezidentning mazkur ko‘rsatmasi etnik qirg‘izlarning fuqarolik olish bo‘yicha murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqishga qaratilgan.

Kiritildi: 12:57 13.10.2026. O'qildi: 1410 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!