Bugun 29 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Zelenskiy: "Niderlandiya Ukrainaga 1,7 milliard yevrolik navbatdagi yordam paketini ajratadi"

Zelenskiy: "Niderlandiya Ukrainaga 1,7 milliard yevrolik navbatdagi yordam paketini ajratadi"

Niderlandlar Ukrainaga 500 million yevro miqdorida yangi harbiy yordam paketi va 1,2 milliard yevrolik noharbiy yordam ko‘rsatadi.

Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Niderlandiya Bosh vaziri Rob Yetten bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, harbiy yordam, jumladan, Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlashga xizmat qiladi. Noharbiy yordam doirasida ajratiladigan mablag‘lar esa energetika sohasini qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani tiklash, ijtimoiy soha va sog‘liqni saqlash tizimiga yo‘naltiriladi.

Tomonlar, shuningdek, diplomatik jarayon va AQSH, Rossiya hamda Ukraina o‘rtasida Abu-Dabida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan uch tomonlama uchrashuvga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilgan.

Zelenskiy bo‘lajak muzokaralar davomida Yevropa hamkorlarining pozisiyasini inobatga olish muhimligini ta’kidlagan.

Kiritildi: Bugun 08:52. O'qildi: 247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!