Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Zelenskiy mobilizasiya va harbiy holat muddatini 2027 yil yanvar oyi oxirigacha uzaytirdi

Zelenskiy mobilizasiya va harbiy holat muddatini 2027 yil yanvar oyi oxirigacha uzaytirdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy harbiy holat va umumiy safarbarlik muddatini yana 90 kunga — 2027 yil 29 yanvargacha uzaytirish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi.

Tegishli hujjatlar Ukraina prezidentining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

Bu Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush boshlanganidan buyon harbiy holat va umumiy safarbarlik rejimlarini 21-marta uzaytirish hisoblanadi.

Harbiy holat davrida 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majbur erkaklar yashash yoki vaqtincha bo‘lish joyi bo‘yicha harbiy hisobda turishi, shuningdek, Yagona davlat reestridagi shaxsiy ma’lumotlarini o‘z vaqtida yangilab borishi shart.

Ular o‘zlari bilan pasport va qog‘oz yoki elektron shakldagi harbiy hisob hujjatini olib yurishi, belgilangan muddatlarda hududiy komplektlash markazlari yoki o‘quv markazlariga borishi ham lozim.

Kimlar majburiy safarbarlikka jalb etiladi?

Majburiy safarbarlikka sog‘lig‘i bo‘yicha harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan, qonuniy kechiktirish huquqiga ega bo‘lmagan 25 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar jalb etiladi.

18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan erkaklar esa faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda — zaxiradagi ofiserlar bo‘lsa yoki avval muddatli harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lsa, safarbarlikka chaqirilishi mumkin.

Qolgan hollarda ushbu yosh toifasidagi erkaklar harbiy xizmatga ixtiyoriy ravishda kirishlari mumkin.

Kiritildi: Bugun 08:30. O'qildi: 303 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!