Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, poytaxtda allaqachon o‘n ikkitadan ortiq shunday minoralar o‘rnatilgan. Shuningdek, yaqin orada Kiyev viloyatida yana sakkizta Fifty-tier minorasi o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Zelenskiy Ukraina reaktiv uchuvchisiz uchish apparatlaridan himoyalanish ustida bir nechta yo‘nalishda ish olib borayotganini aytdi. Unga ko‘ra, kichik raketalar dasturining ilk natijalari oktyabr oyi oxirigacha tayyor bo‘lishi kerak. Agar sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, bunday raketalarni tez fursatda ommaviy ishlab chiqarishga kiritish mumkin bo‘ladi.
Ukraina Harbiy-havo kuchlari matbuot kotibi Yuriy Ignatning aytishicha, havo hujumidan mudofaa kuchlari robotlashtirilgan minoralar yordamida allaqachon ko‘plab reaktiv dronlarni, xususan, “Geran-5”ni urib tushirgan.
So‘nggi oylarda Rossiya harbiylari Ukrainaga hujumlarda reaktiv dronlardan faol foydalana boshladi. Ularning tezligi oddiy dronlarnikidan uch-to‘rt barobar yuqori bo‘lib, bu mobil o‘t ochish guruhlariga ularga qarshi kurashishni juda qiyinlashtiradi. Shu bilan birga, reaktiv dronlar oddiy dronlarga qaraganda ancha qimmat turadi. Putin esa Ukraina hozircha ruslarning reaktiv dronlariga qarshi “dori”ga ega emasligini da’vo qilgandi.