Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Zelenskiy Kiyev 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini ma’lum qild

Zelenskiy Kiyev 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini ma’lum qild

Bu haqda Ukraina rahbari muzokaralar yakunlari bo‘yicha X ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida yozdi.

“Biz Prezident Tramp bilan yaxshi suhbatlashdik. Biz Oliy Rada tomonidan iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim– hamkorlik uchun ko‘plab yangi imkoniyatlar ochadigan chinakam tarixiy hujjatning ratifikasiya qilinishini mamnuniyat bilan qarshi oldik.

Tinchlik yo‘lida kelgusida sa’y-harakatlarni amalga oshirish zarurligi, xususan, tashlanishi mumkin bo‘lgan aniq qadamlarni muhokama qildik. Prezident Tramp jang maydonidagi vaziyat bilan qiziqdi va men unga ma’lumot berdim. U, shuningdek, Ukraina hatto bugundan boshlab 30 kunlik otashkesimga tayyorligini bildirdi. Biz Rossiyadan bu taklifga rozi bo‘lishini kutamiz. Shuningdek, Ukraina har qanday formatdagi muzokaralarga tayyor ekanligini tasdiqladim. Lekin buning uchun Rossiya to‘liq va so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatishdan boshlab, urushni tugatish niyatining jiddiyligini namoyish qilishi kerak”, - deya ta’kidladi Zelenskiy.

Kiritildi: 08:49 09.05.2025. O'qildi: 538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!