Bugun 29 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Zelenskiy: "Biz AQShdan 15 milliard dollarga 10 ta Patriot tizimini sotib olishga tayyormiz"

Zelenskiy: "Biz AQShdan 15 milliard dollarga 10 ta Patriot tizimini sotib olishga tayyormiz"

Ukraina AQShdan 15 milliard dollarga 10 ta Patriot zenit-raketa kompleksini sotib olishga tayyor. Biroq Vashington tizimlarni sotishdan bosh tortmoqda.

Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy CBS News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

"Biz AQShdan sotib olishga tayyormiz va ba’zi shaharlarni yopish uchun kamida 10 ta Patriot tizimi kerak va bu 15 milliard dollar turadi. Biz bu 15 milliard dollarni to‘lashga tayyormiz, bu pulni topamiz va hamma narsa uchun to‘laymiz" - dedi u.

Unga ko‘ra, Ukraina Yevropadagi hamkorlari hisobidan AQShdan havo hujumidan mudofaa tizimlari va boshqa qurollarni sotib olmoqchi.

"Bizda havo hujumidan mudofaa tizimlari yo‘q, bizda bu tizimlar yetarli emas. Biz o‘zimizga kerak bo‘lgan yangi qurollar bilan paketni AQShga o‘tkazdik. Biz bu paketni sotib olishga tayyormiz. Biz buni yevropalik hamkorlar bilan muhokama qildik, ular biz bilan birga tegishli paketlarni moliyalashtirishga tayyor", - deya qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: 12:24 14.04.2025. O'qildi: 772 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!