Ukrainaning Xarkov viloyatidagi Kupyansk shahridan Rossiya qo‘shinlarini yakuniy tozalash muddati belgilandi.
Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 3 noyabr kuni o‘z kabinetida bir guruh jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.
"Kupyanskda 60 nafargacha rossiyalik harbiy qolmoqda. Tozalash operasiyasi davom etmoqda. Biz hammasini aniqlaymiz. Aslida sanalar allaqachon belgilab qo‘yilgan – ular Bosh shtabda muhokama qilingan. Hozircha hech qanday tafsilotlarni oshkor qilmaymiz" - dedi Ukraina rahbari Kupyanskdagi hozirgi vaziyat haqida hech qanday tafsilotlarni oshkor qilmasdan.