Bugun 5 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

11 noyabr — Kasaba uyushmalari kuni umumxalq bayramimi?

11 noyabr — Kasaba uyushmalari kuni umumxalq bayramimi?

11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash haqidagi qonun loyihasi ikki yildan beri tasdiqlanmagan holda qolmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga yuborilganiga ikki yildan ortiq vaqt o‘tgan. Shu vaqt ichida hujjat taqdiri bo‘yicha rasmiy ma’lumot berilmagan.

Xuddi “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun kabi, bu hujjatning ham keyingi bosqichdagi muhokamasi va qabul qilinishi masalasi noma’lumligicha qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston kasaba uyushmalari xodimlari va faollariga yo‘llagan tabrigida 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini “umumxalq bayrami” sifatida dam olish kuni deb e’lon qilishni taklif etgan edi.

Kiritildi: 10:12 04.11.2025. O'qildi: 1128 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!