Ukrainaning Donesk viloyati Pokrovsk shahri yaqinida shiddatli janglar davom etmoqda, biroq vaziyat Ukraina Qurolli kuchlari nazoratida.
Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy OAV vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Ukrainaning barcha Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari Pokrovsk va qo‘shni shaharlarni himoya qilish uchun safarbar etilgan: "Rossiya armiyasining barcha hujumlari muvaffaqiyatli qaytarilmoqda. Hozirgi vaziyat shunday".
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda Rossiya armiyasi asosiy hujumlarini Donesk viloyatiga, Ukrainaning strategik shaharlaridan biri bo‘lgan Pokrovsk yo‘nalishiga qaratgan.