Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Zaporojyega hujum oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi — Zelenskiy

Zaporojyega hujum oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, Rossiyaning Zaporojyega hujumi oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan, yana 16 kishi jarohatlangan. Qutqaruvchilar vayronalar ostida qolgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan yana bir necha kishini qidirmoqda.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, Rossiya dizel yoqilg‘isi eksportiga nisbatan sanksiyalar yumshatilganidan keyin Zaporojyedagi turar joylarga beshta boshqariladigan aviasiya bombasi tashlangan.

“Rossiya sanksiyalarning yumshatilishini urushni davom ettirish va shaharlarga bomba tashlash mumkinligiga berilgan signal sifatida qabul qilmoqda. Bunday vaziyatda boshqacha signallar kerak. Rossiya urushni to‘xtatishi lozimligini anglashi uchun o‘z yo‘qotishlarini his qilishi kerak”, — dedi Zelenskiy.

Kiritildi: 16:15 10.10.2026. O'qildi: 1299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!