Zangiota tumani “Olim polvon” mahallasi Kamoliddin Behzod ko‘chasida joylashgan gilam do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi.
FVVning xabar qilishicha, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 09:44 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 10:09 da qurshab olingan va soat 10:38 da bartaraf etilgan.
Yong‘in joyiga FVVning barcha kerakli kuch vositalari jalb etilgan.
“Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati yong‘in joyiga yetib borgan”, deyiladi vazirlik xabarida.
Tan-jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagani ham ma’lum qilindi.