Bugun 16 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Zangiota tumanida "Nexia 3" pastlikka tushib ketdi

Zangiota tumanida "Nexia 3" pastlikka tushib ketdi

Bugun, 13 oktyabr kuni soat taxminan 03:30 larda Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan o‘tgan mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan 10V029 “Jartepa q. - Tarnov.q” avtomobil yo‘lida haydovchi 2005-yilda tug‘ilgan I.S “Nexia 3” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotgan vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonidagi pastlikka tushib ketgan.

Natijada haydovchi yengil tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.

Hozirda holat yuzasidan Zangiota tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:50 13.10.2025. O'qildi: 516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!