Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Zafar Hoshimov ta’lim islohotlari bo‘yicha ishchi guruhga rahbarlik qiladi

Zafar Hoshimov ta’lim islohotlari bo‘yicha ishchi guruhga rahbarlik qiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ta’lim va ilm-fan vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzolar ekanlar, ta’lim sifatini oshirish va sohani yangi bosqichga olib chiqish uchun yangicha yondashuvlarni qo‘llash, bozor talablariga mos ta’limni, raqobatni hamda xususiy sektor ishtirokini rivojlantirish vazifasini qo‘ydi.

Shu maqsadda Prezident Administrasiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim strategiyasi bo‘yicha umummilliy konsepsiyani ishlab chiqadigan maxsus ishchi guruh tashkil etilmoqda. Unga jamoatchilik asosida tadbirkor Zafar Hoshimov rahbarlik qiladi.

Guruh tarkibiga ta’lim muassasalarini yo‘lga qo‘yish va samarali tizimlar yaratishda tajribaga ega tadbirkorlar, soha mutaxassislari, olimlar hamda xalqaro ekspertlar jalb qilinadi.

Kiritildi: 22:41 03.10.2026. O'qildi: 587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!