Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Men bu to‘lov uchun cheklarni yozib berish paytini intiqlik bilan kutyapman!"

"Men bu to‘lov uchun cheklarni yozib berish paytini intiqlik bilan kutyapman!"

Tramp 20 million fuqaroga 90 dollardan to‘lanishini e’lon qildi va respublikachilar oraliq saylovlarda g‘alaba qozonsa, amerikaliklarga 5000 dollardan berishga va’da berdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Medicare dasturi bo‘yicha sug‘urta badallari xarajatlarini qoplash maqsadida 20 milliondan ortiq keksa amerikaliklarga bir martalik to‘lovlar amalga oshirilishini e’lon qildi. U bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi. To‘lovlarning umumiy summasi taxminan 2 milliard dollarni tashkil etadi.

Sentyabr oyi boshida Tramp agar Respublikachilar partiyasi oraliq saylovlar yakuniga ko‘ra Kongressning Vakillar palatasi va Senati ustidan nazoratni o‘z qo‘lida saqlab qolsa, har bir voyaga yetgan amerikalikka 5 ming dollardan to‘lashga va’da bergan edi. Prezidentning partiyasi g‘alaba qozongan taqdirda amerikaliklarga 1 trillion dollardan ortiq davlat mablag‘larini tarqatishni nazarda tutuvchi ushbu va’dani Oq uy rahbari Dallasdagi respublikachilar qurultoyi minbaridan turib aytgan edi.

3 oktyabr kuni, Kongress saylovlariga bir oy muddat qolganida, AQSh prezidenti o‘z va’dasini takrorlab, "Men bu to‘lov uchun cheklarni yozib berish paytini intiqlik bilan kutyapman!", dedi.

Kiritildi: 21:05 03.10.2026. O'qildi: 894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!