AQSh huquqni muhofaza qiluvchi idoralari Eronga qarshi sanksiyalarni aylanib o‘tishda gumon qilinayotgan ayrim kriptovalyuta hisoblarini darhol bloklamaslik haqida birja operatorlariga ko‘rsatmalar bermoqda. Bu haqda Intelligence Online xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bunday ko‘rsatmalar amerikalik tergovchilarga shubhali hisoblar bo‘yicha operasiyalarni kuzatish va ularning egalari o‘rtasidagi moliyaviy aloqalarni aniqlash imkonini beradi.
Manba bu amaliyotni razvedka ma’lumotlarini to‘plash vositasi deb atagan. Kriptovalyuta harakati ma’lum vaqt davomida kuzatilib, operasiya ishtirokchilari o‘rtasidagi bog‘liqliklar aniqlanadi. Shundan so‘ng aktivlarni bloklash yoki musodara qilish bo‘yicha qaror qabul qilinishi mumkin.
Intelligence Online ma’lumotlariga ko‘ra, bunday so‘rovlar Binance va Coinbase kabi kriptobirjalarga ham yuborilgan.
Avvalroq, sentyabr oyida Nyu-York Janubiy okrugi prokuraturasi va FBR Eron harbiy tuzilmalari bilan bog‘liq moliyaviy sxemalarda ishtirok etgani aytilgan ikki Xitoy kompaniyasiga tegishli 61 million dollarlik kriptoaktivlarni musodara qilishni talab qilgan.