O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi taqdimnomasiga asosan “Savdo va servis” uyushmasi ta’sischilari umumiy yig‘ilishi qarori bilan tadbirkor Hoshimov Zafar Komilovich uyushma raisi lavozimiga tayinlandi
Bu haqda Savdo-sanoat palatasi axborot xizmati xabar berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 7 fevral kuni hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tadbirkorlar tomonidan Savdo va servis uyushmasini tashkil etish taklifi bildirilgandi.
Mazkur taklif Prezident tomonidan ma’qullandi.
Uyushma O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda faoliyat yuritib, sohadagi strategik rejalarni ishlab chiqish, qonunchilikni takomillashtirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.