Bugun 2 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

"Yuventus"ning sobiq futbolchisi "Milan"ga o‘tdi

"Yuventus"ning sobiq futbolchisi "Milan"ga o‘tdi

Fransiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Adriyen Rabyo faoliyatini «Milan»da davom ettiradi. 30 yoshli futbolchining «Marsel»dan o‘tishi haqida Italiya klubining rasmiy saytida ma’lum qilindi. Xabarda aytilishicha, futbolchi bilan 2028 yil yozigacha shartnoma imzolangan.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, transfer qiymati 9 million yevroga baholangan. Yana 1 million yevro «Marsel»ga bonus sifatida to‘lanishi mumkin. Rabyo 2024 yil sentyabridan buyon «Marsel» safida o‘ynab, turli musobaqalarda 32 o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol hamda 6 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

2019–2024 yillar oralig‘ida Adriyen Rabyo Italiya A Seriyasida «Yuventus» sharafini himoya qilgan. Fransuz futbolchisi turinliklarni erkin agent sifatida tark etgan edi.

Kiritildi: Bugun 07:10. O'qildi: 476 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!