"Toshkent-Aero" ixtisoslashgan bojxona kompleksi matbuot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 16 aprel kuni Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish zalida Istanbulga parvozga otlangan fuqaroda 1 kg.dan ziyod zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
Xabarda qayd etilishicha, Toshkent xalqaro aeroportining Aviasiya xavfsizligi xizmati va chegara bojxona posti xodimlari tomonidan hamkorlikda aniqlangan mazkur zargarlik buyumlarining taxminiy qiymati 819 mln. so‘mdan oshmoqda.
Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari boshlab yuborilgan.