Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro U.J. “Guzarboshi” MFY hududidagi xonadonda tijorat maqsadida tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 339,1 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shuningdek, Departamentning Yozyovon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “X.N.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari suv nasoslarini elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 247,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Departamentning Qo‘shtepa tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YATT “A.A.”ning “Qoraqushchi” MFY hududidagi ishlab chiqarish sexida elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, 239,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Departamentning Shahrixon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda "B.D.” MCHJ mas’ul shaxslari “Karnaychi” MFY hududidagi ko‘p qavatli uylarda elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 127,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Departamentning Oqdaryo tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Q.S.” MCHJ rahbari P.S. “Alisher Navoiy” MFY hududidagi noturar binosida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 121,5 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Departamentning Yangiyo‘l shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.S.” MCHJ rahbari A.N. “Navro‘z” MFY hududidagi somsaxonada elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 119,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.