Bugun 8 may, 2026 yil, juma

КИР

Finlyandiyada Rossiya imperiyasi davrida tug‘ilgan oxirgi ayol 108 yoshida vafot etdi

Finlyandiyada Rossiya imperiyasi davrida tug‘ilgan oxirgi ayol 108 yoshida vafot etdi

Finlyandiyada eng keksa aholi vakillaridan biri bo‘lgan Véyno (Vieno) Nurmilaukac 108 yoshida vafot etdi.

Etelä-Saimaa gazetasi ma’lumotiga ko‘ra, u Finlyandiya hali Rossiya imperiyasi tarkibida bo‘lgan davrda tug‘ilgan so‘nggi ayol hisoblangan.

U 1917 yil 23 sentyabrda, Finlyandiya mustaqillikka erishishidan bir necha oy oldin, Rossiya imperiyasining avtonom qismi bo‘lgan Finlyandiya Buyuk Gersogligida tug‘ilgan. U Savitaipale qishlog‘ida yashagan.

Ma’lumotga ko‘ra, Nurmilaukac 2025 yil 12 aprel kuni vafot etgan. Uning o‘g‘li Jukka Nurmilaukac o‘limni tasdiqlagan.

Hozirda Finlyandiyaning eng keksa fuqarosi 1917 yil 28 dekabrda tug‘ilgan Eyla Hukkanen hisoblanadi.

Kiritildi: 23:55 07.05.2026. O'qildi: 227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!