Bugun 16 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Yuridik va tibbiyot sohasida sun’iy intellektdan foydalanishda ta’qiqlar kiritildi

Yuridik va tibbiyot sohasida sun’iy intellektdan foydalanishda ta’qiqlar kiritildi

Adliya vazirligi sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy etish va ulardan foydalanish bo‘yicha etika qoidalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Mazkur hujjat sun’iy intellekt texnologiyalari va tizimlaridan foydalanishda quyidagi asosiy etik tamoyillarni belgilaydi.

Qoidalarga ko‘ra, ayrim holatlarda qaror qabul qilishda faqat sun’iy intellekt xulosalariga tayanish taqiqlanadi.

Jumladan:
▪️ inson huquq va erkinliklariga daxldor yuridik ahamiyatga ega qarorlar;
▪️ sog‘liqni saqlash sohasidagi qarorlar (kasalliklarni tashxislash, davolash usullarini belgilash va boshqalar).

Hujjatga muvofiq, sun’iy intellekt texnologiyalari va tizimlarini ishlab chiquvchilar hamda joriy etuvchilar foydalanuvchilarga quyidagi masalalar bo‘yicha aniq ma’lumot berishi shart:

▪️ texnologiyalardan qaysi maqsadlarda foydalanish mumkinligi yoki taqiqlanishi;

▪️ sun’iy intellekt asosida qabul qilingan yechimlar hamisha ham mutlaq to‘g‘ri bo‘lmasligi;

▪️ ushbu natijalardan asosan tavsiyaviy yoki axborot xarakterida foydalanish mumkinligi.

Shu bilan birga, qoidalarda sun’iy intellekt sohasidagi ishtirokchilarning huquq va majburiyatlari ham belgilab berilgan.

Kiritildi: Bugun 12:04. O'qildi: 341 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!