Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann "Real Madrid" murabbiyi lavozimiga yangi favorit bo‘ldi, deb xabar bermoqda Onda Cero nashri.
Manbaga ko‘ra, avvalroq "Real" murabbiylik kursisiga asosiy da’vogar Joze Mourinyo bo‘lgan. Biroq hozirda aynan Nagelsmann nomzodi "Qirollik klubi" rahbariyatida eng ko‘p qo‘llab-quvvatlanmoqda. "Qaymoqranglilar" boshliqlari uning uslubi jamoaning hozirgi tarkibi va vazifalariga juda mos keladi deb hisoblashadi.
Qayd etilishicha, Nagelsmanning o‘zi "Real"da ishlashga ijobiy qaraydi. Biroq u Germaniya terma jamoasini faqat 2026 yilgi jahon chempionatidan so‘ng tark etishga tayyor bo‘ladi.