AQSh Prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi zarbalarni qayta tiklamaslikni afzal ko‘rishini ma’lum qildi.
«Men buni qilmaslikni afzal ko‘rgan bo‘lardim. Insoniylik nuqtayi nazaridan buni qilmaslikni afzal ko‘raman», — dedi u.
Shu bilan birga, Amerika yetakchisi Qo‘shma Shtatlar Eronning kelishuv bo‘yicha bergan so‘nggi taklifidan qoniqmayotganini ta’kidlab o‘tdi.