Bugun 23 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarni eksport qilish qo‘llab-quvvatlanadi

 Yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarni eksport qilish qo‘llab-quvvatlanadi

“Etilen va propilen polimerlaridan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (252-son, 18.08.2025 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan va aniq texnik parametrlar asosida shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha respublikaga olib kiriladigan polietilen granulalari uchun aksiz solig‘i 2025 yil 1 sentyabrdan 2028 yil 1 yanvargacha nol stavkada qo‘llanadi.

✅ 2028 yil 1 yanvargacha ayrim etilen polimerlarining birlamchi shakllari (TIF TN kodi 3901 10 900 0, 3901 30, 3901 40) va propilen polimerlarining birlamchi shakllarini (TIF TN kodi 3902 10 000 0) import qilishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llanadi.

✔️Shuningdek, mamlakatga sifatsiz kontrafakt egiluvchan qadoqlar importining oldini olish (eks-offisio prinsipi asosida) choralari ko‘riladi.

Kiritildi: 14:35 18.08.2025. O'qildi: 657 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!