Bugun 18 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Yo‘qolgan shahar izidan: Kaspiy tubidan yangi topilmalar

Yo‘qolgan shahar izidan: Kaspiy tubidan yangi topilmalar

Kaspiy dengizi suvlari ostida qolgan qadimiy Shahri-Gurgan shahri hududida olib borilayotgan suvosti tadqiqotlari davomida yangi arxeologik materiallar aniqlandi.

AZTVning eksklyuziv reportajida arxeologlar va g‘avvoslar ishtirokidagi suvosti qazishma ishlari tasvirlangan. Tadqiqotlar davomida o‘rta asrlarga oid sopol idish namunalari va boshqa moddiy-madaniy topilmalar qayd etilgan.

Shahri-Gurgan bir vaqtlar Shirvonshohlar davlatining muhim dengiz portlaridan biri bo‘lgan. Kaspiy dengizi sathining ko‘tarilishi natijasida shahar suv ostida qolgan. Avvalgi tadqiqotlarda hududdan XII–XIV asrlarga oid arxeologik materiallar topilgan.

Shahar tarixini o‘rganish bo‘yicha izlanishlar 2008 yilda boshlangan. 2024 yildan esa suvosti g‘avvoslari guruhi tomonidan tadqiqotlar faol davom ettirilmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, yangi topilgan sopol buyumlar Shahri-Gurganning o‘rta asrlardagi turmush tarzi va xo‘jalik faoliyatini o‘rganishda muhim manba bo‘lishi mumkin.

Shahri-Gurgan joylashgan hudud boshqa tarixiy yodgorliklarga ham boy. Bu yerda XIX asrga oid Absheron mayagi hamda 4–5 ming yillik tarixga ega qo‘rg‘onlar mavjud.

Tadqiqotlarning davom ettirilishi suv ostida qolgan qadimiy shahar tarixi va uning mintaqadagi ahamiyati haqida yangi ma’lumotlar olish imkonini berishi kutilmoqda.

Kiritildi: 09:57 17.09.2026. O'qildi: 699 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!