Bugun 17 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh Vakillar palatasi Rossiyaga qarshi «do‘zaxiy sanksiyalar» to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

AQSh Vakillar palatasi Rossiyaga qarshi «do‘zaxiy sanksiyalar» to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

Senator Lindsi Grem tashabbusi bilan ishlab chiqilgan qonun loyihasi uchun 262 nafar kongressmen ovoz berdi, 159 nafari qarshi chiqdi. Hujjat Rossiya nefti va gazining eng yirik xaridorlariga, shuningdek, Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berayotgan davlatlarga nisbatan 100 foizlik bojlar joriy etilishini nazarda tutadi.

Qonun loyihasining o‘zida qayd etilganidek, uning maqsadi «Vladimir Putinni Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi uchun moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan daromadlardan mahrum qilish»dan iborat.

Avvalroq qonun loyihasi AQSh Senati tomonidan ham mutlaq ko‘pchilik ovoz bilan — 86 nafar senator «yoqlaydi», 11 nafari «qarshi» — ma’qullangan edi.

Endi hujjatni prezident Donald Tramp imzolashi kerak. Shundan so‘ng qonun kuchga kiradi. Keyinchalik AQSh prezidenti sanksiyalarni joriy etishi va ularni har olti oyda qayta ko‘rib chiqishi shart bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 08:10. O'qildi: 1022 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!