Ularning 54 885 nafari Rossiyadan O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar orqali qaytgan bo‘lsa, yana 41 530 kishi Qozog‘iston hududi orqali kirib kelgan.
Ekspertlar Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolarining ommaviy qaytishini rubl qadrsizlanishi, real daromadlarning pasayishi, xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar va Rossiyada migrasiya qonunchiligining izchil ravishda kuchaytirilishi bilan bog‘lamoqda.
🌍 Mutaxassislarga ko‘ra, mintaqa fuqarolari mehnat migrasiyasi uchun tobora ko‘proq muqobil yo‘nalishlarni tanlamoqda. Ular orasida Yaqin Sharq davlatlari, Yevropa mamlakatlari, Janubiy Koreya va Xitoy bor.