Yaponiyaning davlat qarzi 2024-yil oxirida mamlakat tarixidagi eng yuqori darajaga ko‘tarilib, qariyb 1317,64 trillion iyenni (hozirgi kurs bo‘yicha qariyb 8,7 trillion dollar) tashkil etdi.
Bu haqda “TASS”ga tayanib , mamlakat Moliya vazirligi ma’lum qildi.
Qarz miqdori 2023 yil oxiridagi holatga nisbatan 31,8 trillion iyenaga (205 milliard dollardan ortiq) oshdi. Kyodo agentligi ta’kidlaganidek, Yaponiyaning amaldagi hukumati qarzni kamaytira olishi dargumon, chunki u davlat byudjetini tasdiqlovchi parlament quyi palatasida ko‘pchilikka ega emas va soliqlarni kamaytirish va xarajatlarni, xususan, ta’limga xarajatlarni oshirishni talab qilayotgan muxolifat bosimi ostida.
Yaponiyaning joriy moliya yilidagi byudjet taqchilligi (2024 yil aprel – 2025 yil mart) 34,95 trillion iyenni (deyarli 230 milliard dollar) tashkil etadi. U davlat obligasiyalarini chiqarish bilan qoplanadi. Oxirgi uch yil ichida ularning miqdori kamayib bormoqda, biroq Yaponiya byudjetining qarz majburiyatlariga bog‘liqligi hali ham 30% atrofida qolmoqda. Mamlakatning davlat qarzi milliy yalpi ichki mahsulotdan ikki baravardan ortiqroqdir. Shu bilan birga, davlat obligasiyalarining katta qismi Yaponiya yuridik va jismoniy shaxslariga tegishli bo‘lib, bu defolt xavfini kamaytiradi.