Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Yunusobodda fuqaro 9-qavatdan tushib ketdi

Yunusobodda fuqaro 9-qavatdan tushib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum fuqaro 9-qavatdan tushib ketgan uy aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilindi.

Joriy yilning 21 iyul kuni taxminan soat 01.30 larda Yunusobod tumani, 9-mavze hududidagi ko‘p qavatli uylarning birida, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro T.R, shu uyning 9 qavatidagi derazadan o‘zini pastga tashlagan va kirish yo‘lagining tom qismiga urilib, yerga tushgan. Natijada fuqaro “BMYOJ, BMCH, chap o‘mrov suyagi, o‘ng ko‘krak suyagi, birinchi bel umurtqasi kompression sinishi 2,3-daraja, travmatik shok 2-darajasi” tashxisi bilan shifoxonaga olib borilgan. Hozirda bemor shifokorlar nazoratida.

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, fuqaro 2024 yilning oxiridan buyon ruhiyatida o‘zgarishlar sodir bo‘lishi boshlanganligi va psixolog-shifokor tekshiruvlaridan o‘tkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Kiritildi: 21:14 21.07.2025. O'qildi: 954 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!