Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Yunusobodda yer cho‘kkani rostmi?

Yunusobodda yer cho‘kkani rostmi?

Bugun "feysbuk" ijtimoiy tarmog‘ida metro bekatining ustidagi yer cho‘kib qolgani tasvirlangan surat tarqaldi.

Yunusobodda yer cho‘kkani rostmi?

Ta’kidlanishicha, ushbu surat Toshkent metropolitenining Yunusobod tumani hududidagi «Turkiston» metro bekati yaqinida olingan. Holatga aniqlik kiritish maqsadida Yunusobod tumani hokimligi matbuot xizmati bilan bog‘landik. Hokimlikning bu masalada bergan munosabatiga ko‘ra, Ahmad Donish ko‘chasidagi avtomobil yo‘lining 500 metr qismida 40-50 sm.gacha cho‘kish holati yuzaga kelganligi tufayli, ushbu hududda transport vositalarining harakati vaqtincha cheklangan.

Hokimlik mazkur holat yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirilganini ma’lum qilgan.

«O‘rganish ishlarining natijalariga ko‘ra, yo‘lning ta’mirlash ishlari hali yakuniga yetkazilmagan», – deyiladi munosabatda.

Bir necha yillardan buyon ortga surilayotgan yo‘l ta’mirlanishi bo‘yicha tergov-curishtiruv ishlari amalga oshirilayotgani qayd etilgan.

Kiritildi: 18:55 11.01.2022. O'qildi: 4998 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!