Bugun 24 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Yo‘llardagi qoidabuzarliklar uchun jarima ballari to‘g‘risidagi qaror loyihasi e’lon qilindi

Yo‘llardagi qoidabuzarliklar uchun jarima ballari to‘g‘risidagi qaror loyihasi e’lon qilindi

12 oy mobaynida yo‘l harakati qoidalarini buzmagan haydovchilarga rag‘batlantirish tariqasida birinchi jarima bali hisoblanmaydi.

Hukumatning “Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi e’lon qilindi

Ma’lum qilinishicha, jarima ballari haydovchilarga nisbatan faqat YHXX xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar asosida hisoblanadi.

Yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarima ballari “E-jarimaball” moduli orqali inson omilisiz avtomatlashtirilgan tartibda hisoblab boriladi.

12 oy mobaynida yo‘l harakati qoidalarini buzmagan haydovchilarga rag‘batlantirish tariqasida, keyingi davrda yo‘l harakati qoidalarini birinchi marta buzganligi uchun birinchi jarima bali hisoblanmaydi.

Haydovchilarning oxirgi huquqbuzarligi uchun jarima bali hisoblangan vaqtdan boshlab, ular 6 oy davomida yo‘l harakati qoidabuzarliklariga doir boshqa huquqbuzarlik sodir etmagan taqdirda, uning umumiy jarima ballaridan ikki jarima bali ayirib tashlanadi.

Agar haydovchilar jarima ballarining umumiy miqdori ikki jarima balidan kam bo‘lgan taqdirda, barcha jarima ballari ayirib tashlanadi hamda jarima ballarini hisoblash muddati birinchi huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdan yangidan boshlanadi.

Haydovchilar o‘zining jarima ballari haqidagi ma’lumotlarni “E-jarimaball” moduli va maxsus mobil ilova hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali oladi.

Haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzganliklari uchun to‘plagan har bir ballari ularga SMS xabar yuborish orqali ogohlantiriladi.

Jarima ballari asosida transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslarning elektron ma’lumotlar bazasi joriy etiladi.

Qaror 2025 yil 1 maydan e’tiboran kuchga kiradi.

Haydovchilar tomonidan sodir etilgan qaysi qoidabuzarlik uchun qancha jarima ballari hisoblanadi?

Texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon va ruxsatnomasiz qoraytirilgan oynali transport vositalaridan foydalanganlik uchun 0,5 ball beriladi.

Yo‘llardagi qoidabuzarliklar uchun jarima ballari to‘g‘risidagi qaror loyihasi e’lon qilindi

Shuningdek:

  • Haydovchilarning belgilangan harakat tezligini 20 km/soatdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi uchun 0,5 ball;
  • Haydovchilarning belgilangan harakat tezligini 20 km/soatdan ko‘p, 40 km/soatdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi uchun 1 ball;
  • Haydovchilarning belgilangan harakat tezligini 40 km/soatdan ko‘p, 60 km/soatdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi uchun 1,5 ball;
  • Haydovchilarning belgilangan harakat tezligini 60 km/soatdan ko‘p, 80 km/soatdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi uchun 2 ball beriladi.

Yo‘llardagi qoidabuzarliklar uchun jarima ballari to‘g‘risidagi qaror loyihasi e’lon qilindi

Shu bilan birga, haydovchilar svetoforning taqiqlovchi signaliga bo‘ysunmasdan o‘tishiga 1 ball beriladi.

Bundan tashqari, haydovchilarning yo‘lning qarama-qarshi tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi, xuddi shuningdek avariya holati yuzaga kelishiga sabab bo‘lsa 2 ball beriladi.

Bundan tashqari, YTH qatnashchilarining hodisa yuz bergan joydan ketib qolishiga ham 2 jarima bali beriladi.

Yo‘llardagi qoidabuzarliklar uchun jarima ballari to‘g‘risidagi qaror loyihasi e’lon qilindi

Kiritildi: 17:20 21.03.2025. O'qildi: 770 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!