O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning urushdan jabr ko‘rgan 100 nafar falastinlik bolalar va ayollarni evakuasiya qilganidan ta’sirlanib 3 kun yig‘laganini va prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bilan gaplashganini aytdi.
"Urushda yaralangan falastinlik bolalar va ayollar O‘zbekistonga olib kelindi. 3 kun o‘zimga kela olmasdan yig‘ladim. Bizni qo‘limizdan nima keladi deb qo‘ng‘iroq qilishni boshladim. Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bilan gaplashib bizdan nima yordam kerak deb so‘radim.
Ularga qanday yordam berish kerakligi borasida turmush o‘rtog‘im bilan gaplashib maslahatlashdim. Turmush o‘rtog‘im bilan qiymati 1 milliard 300 million so‘mlik 2 ta xonadon xarid qildik. Mana shu 2 ta uyni Falastindan kelgan bolalar va ayollarga olyapman deganimdan keyin 2 ta uy 4 ta bo‘ldi. Ushbu xonadonlar to‘liq ta’mirlangan holatda topshirilmoqda," - dedi Yulduz Usmonova.