Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

“Yuksalish” harakati Markaziy Osiyoning yetakchi ayollari reytingini tuzdi

A A A
“Yuksalish” harakati Markaziy Osiyoning yetakchi ayollari reytingini tuzdi

“Yuksalish” umummilliy harakati Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda hamda mintaqa ekspertlari ko‘magida ilk bor “Markaziy Osiyoning yetakchi ayollari” reytingini tuzdi.

Reytingga kiritilgan ayollar mintaqada turli sohalarga, shu jumladan siyosat, biznes, ta’lim, fan, san’at va ijtimoiy masalalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.

Nomzodlar ro‘yxati shakllantirilgach, Harakatning mintaqa miqyosidagi ekspertlar guruhiga taqdim etildi. Ekspertlar nomzodlarni ham matematik, ham empirik metodlarga tayangan holda saraladi.

Saralash jarayonining birinchi bosqichida nomzodlar quyidagilarga qarab baholandi:

- egallab turgan lavozimi va qarorlar qabul qilishga ta’sir qilish darajasi (10 ball);

- iqtiboslarda keltirilishi va taniqliligi (10 ball);

- ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tashabbuslarni ilgari surganligi (5 ball).

Ikkinchi bosqichda mintaqaning 300 yaqin ekspertlar ishtirokida onlayn ovoz berish jarayoni o‘tkazildi. Ovoz bergan ekspertlar tarkibida inson huquqlari bo‘yicha ombudsmanlar, mintaqaning yetakchi “aql markazlari” rahbarlari, parlamentariylar, akademiklar hamda fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro tashkilotlar vakillari bor.

Markaziy Osiyoning Top-40 yetakchi ayollari ro‘yxati:

Ziroat Mirziyoyeva – “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi, O‘zbekistonning birinchi xonimi

Aygul Japarova – “Ene-balaga tirek” jamoat fondi raisi, Qirg‘iz Respublikasinning birinchi xonimi

Azizmo Asadullayeva – Tojikistonning birinchi xonimi

Tanzila Norboyeva – O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi

Dunyogo‘zal Gulmanova – Turkmaniston Milliy Gengeshi Mejlisi raisi

Saida Mirziyoyeva – O‘zbekiston Prezidenti yordamchisi

Olga Perepechina – Qozog‘iston Senati Raisi o‘rinbosari

Jamila Isayeva – Qirg‘iz Respublikasi Jogorku Keneshi Torag‘asi (raisi) o‘rinbosari

Dilrabo Mansuri – Tojikiston Majlisi namoyondagon Majlisi Oli raisi o‘rinbosari

Daniya Yespayeva – Qozog‘iston Parlament Majlisi raisi o‘rinbosari

Zuhra Ibrohimova – Oliy Majlis Spikeri o‘rinbosari

Tamara Duysenova – Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari

Zulayho Mahkamova – O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari

Roza Otunbayeva – BMT bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili va BMTning Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi rahbari, Qirg‘izistonning sobiq prezidenti

Ozoda Rahmon – Tojikiston Prezidentining ijroiya apparati rahbari

Zulfiya Suleymenova – Qozog‘iston prezidenti maslahatchisi

Nurjan Shayldabekova – Qirg‘iz Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi

Feruza Eshmatova – O‘zbekiston Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)

Ajar Giniyat – Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri

Aida Balayeva – Qozog‘iston madaniyat va axborot vaziri

Zulfiya Davlatzoda – Tojikiston madaniyat vaziri

Gulnora-Klara Samat – Qirg‘iz Respublikasining Rossiyadagi elchisi

Madina Abilqasimova – Qozog‘iston Moliya bozorini tartibga solish va rivojlantirish agentligi raisi

Robaxon Mahmudova – O‘zbekiston Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari

Umut Shayaxmetova – Qozog‘iston “Halyk Bank” boshqaruv raisi

Lyazzat Ibragimova – Qozog‘iston “Otbasi banka” boshqaruv raisi

Shoira Sodiqova – Tojikiston “Arvand” banki boshqaruv raisi

Kunsulu Zakariyo – Qozog‘iston Fanlar akademiyasi prezidenti

Svetlana Ortiqova – O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari

Myaxri Byashimova – Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari

Gayane Umerova – O‘zbekiston Prezidenti Administrasiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari o‘rinbosari

Sevara Nazarxan –O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist

Aziza Umarova – O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining Delivery Unit loyiha ofisi rahbari, jamoat arbobi

Gulbahor Mahkamova – Tojikiston Tadbirkor ayollar Milliy assosiasiyasining boshqaruv raisi

Nozima Davletova – O‘zbekiston Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi

Natalya Nikitenko – Qirg‘iz Respublikasi davlat va siyosat arbobi

Roza Aytmatova – Qirg‘iz Respublikasi jamoat arbobi, xizmat ko‘rsatgan ta’lim xodimi

Elvira Surabaldiyeva – Qirg‘iz Respublikasi Jogorku Keneshi deputati

Irina Matviyenko – O‘zbekistondagi NeMolchi.uz loyihasi asoschisi

Dinara Oshurakunova – Qirg‘iz Respublikasi “Demokratiya va fuqarolik jamiyati uchun” koalisiyasi eksperti

Kiritildi: 11:07 20.12.2023. O'qildi: 1127 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!