YHXB haydovchilarni “jarima ballarini pul evaziga o‘chirib beramiz” degan firibgarlarga ishonmaslikka chaqirdi.
Ma’lumotga ko‘ra, jarima ballarini bazadan o‘chirishning texnik imkoniyati yo‘q. Tizim to‘liq himoyalangan.
Firibgarlar Telegram orqali soxta yozishmalar va videolar bilan fuqarolarni aldashga urinmoqda.
Bunday holatlarga duch kelsangiz, darhol ichki ishlar organlariga murojaat qiling.