«O‘zgidromet»ning avgust oyi uchun taqdim etgan dastlabki prognoziga ko‘ra, deyarli barcha viloyatlarda yog‘ingarchilik me’yordan ko‘proq bo‘lishi kutilmoqda.
Prognoz xaritasiga muvofiq, viloyatlar hududining asosiy qismi yashil hududga kiritilgan bo‘lib, bu oylik yog‘in miqdori iqlimiy me’yordan yuqori bo‘lishi mumkinligini anglatadi. Ma’lumot uchun, mazkur prognoz dastlabki baholash bo‘lib, oy davomida ob-havo sharoitiga qarab aniqlashtirilishi mumkin.