Bugun 13 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Mo‘g‘ulistondagi yong‘in Xitoy chegarasiga yaqinlashdi

Mo‘g‘ulistondagi yong‘in Xitoy chegarasiga yaqinlashdi

Mo‘g‘uliston hududida boshlangan dasht yong‘ini Xitoy chegarasi tomon tarqalmoqda. Olovning mamlakat hududiga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Xitoyning shimoliga 2 mingdan ortiq kishi safarbar etildi, deb xabar beradi Sinxua.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in Mo‘g‘uliston hududida boshlangan va Xitoyning Ichki Mo‘g‘uliston avtonom rayoni bilan chegaradosh hudud tomon siljib bormoqda.

Shu munosabat bilan Xitoy tomoni chegaraga yaqin hududlarda yong‘in tarqalishining oldini olish choralarini kuchaytirdi.

“11 oktyabrda soat 21:00 holatiga ko‘ra, yong‘in Xitoy hududiga o‘tmagan. Ayni paytda olovning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ishlar davom etmoqda”, - deb xabar berdi mahalliy hokimiyat vakillari.

Yong‘inni jilovlash choralariga 2 mingdan ortiq kishi jalb etilgan.

Hozircha yong‘in qamrab olgan hudud maydoni va uning kelib chiqish sababi haqida aniq ma’lumot e’lon qilinmagan.

Kiritildi: Bugun 02:00. O'qildi: 177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!