Madridning "Real" klubi qanot himoyachisi Lukas Vaskes yozda jamoadan ketadi. Bu haqda Fabrisio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi "Real" bilan shartnomasini 1 oyga uzaytiradi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng ketadi.
Vaskes "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U jamoa safida jami 398 ta o‘yinda 38 ta gol urib, 73 ta assist bergan.